YEI Ukrainaga qöşimça 45 milliard yevro ajratişni rejalaştirmoqda
Yevropa komissiyasi 2027-yilda Ukrainaga 45 milliard yevro miqdorida qöşimça kredit berişni rejalaştirmoqda. Jalb etiladigan mablağning 20 milliard yevrosi byudjet xarajatlariga, 25 milliard yevrosi esa dronlar, raketalar va havo mudofaasi tizimlari uçun sarflanişi közda tutilgan. Komissiya raisi Ursula fon der Lyayen taqdim etgan reja avval kelişilgan 90 milliard yevrolik yordamga qöşimça böladi. Yangi kredit YEIga aʼzo davlatlarning umumiy qarzi hisobidan moliyalaştiriladi.
Fon der Lyayen taklifni YEIga aʼzo barça 27 davlat qöllab-quvvatlaşiga işonç bildirgan bölsa-da, Slovakiya, Çexiya, Vengriya va Bolgariya bunday moliyalaştirişda iştirok etmasligini bildirgan.
Germaniya kansleri Fridrix Mers esa Ukrainaga yangi yordam böyiça umumiy kelişuvga erişilmasa, YEIning navbatdagi köp yillik byudjetiga veto qöyiş bilan tahdid qilmoqda. Slovakiya boş vaziri Robert Fitso bu pozitsiyani “şantaj” deb atadi. Taklif kelasi hafta Bryusselda ötadigan sammitda muhokama qilinadi.
Rejaning eng murakkab jihatlaridan biri – qarzning foiz xarajatlari. Energiya narxlari va geosiyosiy beqarorlik tufayli bozorlarda qarz oliş qimmatlaşgan, bu esa YEI zimmasiga har yili milliardlab yevro foiz tölovlarini yuklaşi mumkin.
Musulmon Ziyo, ÖzA