YeI Putin bilan muzokaralar uchun maxsus vakil tayinlamoqchi
Yevropa Ukrainadagi nizoni hal qilish bo‘yicha Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara olib borish uchun maxsus vakil tayinlash imkoniyatini muhokama qilmoqda. “Politico” nashrining yozishicha, Yevropa yetakchilari AQSH va RF Yevropaning ishtirokisiz muzokara olib borishi va uning manfaatlarini himoyasiz qoldirishidan xavotirda.
Chexiya prezidenti Petr Pavel bu vaziyatda Yevroittifoqqa Yevropa nomidan gapirishga vakolatli shaxs kerakligini aytdi. Muhokama qilinayotgan nomzodlar orasida Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb, Yevropa Kengashi prezidenti Antoniu Koshta va boshqa liderlar bor.
Nashrning yozishicha, Stubb Tramp bilan yaxshi munosabatlari va Finlyandiyaning Rossiya bilan munosabatlardagi tajribasi tufayli e’tiborni tortmoqda. Ayni paytda, Koshta ba’zi diplomatlar tomonidan yanada betaraf vositachi sifatida qaraladi.
S.Rahimov, O‘zA