“Yashil makon” umummilliy loyihasida sudyalar ham faol
Shu kunlarda yurtimizning barcha hududlarida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish maqsadida tabiiy tuproq-iqlim sharoitiga mos ko‘chat va qalamchalarni tanlagan holda ekish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu ezgu tashabbus doirasida barcha tashkilot va korxonalar xodimlari faol ishtirok etyapti.
Jumladan, ekologik vaziyatni yaxshilash, hududlarni yashil makonga aylantirish maqsadida viloyat sudining sudyalari va sud xodimlari tomonidan ham ko‘chat ekish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, ular Navoiy shahridagi Yoshlik mahallasi hududida 300 tup manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekishdi.

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, sudyalar ekilgan daraxt ko‘chatlarining parvarishini o‘z zimmalariga oldi.
Hududlarda ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri