Yashil makon: mahallalar obod bo‘lmoqda
Davlat rahbari tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizning barcha hududlarida mevali va manzarali ko‘chat ekish ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Natijada katta yo‘l bo‘ylari, mahallalar ko‘chalari obodonlashtirilib, ko‘rkam go‘shaga aylanmoqda.
Xususan, Qashqadaryo viloyatining Koson tumani Regzor mahallasi hududida “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi tashabbusi bilan mahalla hududida 200 dan ortiq daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi. 1,5 kilometr masofadagi ariqlar tozalandi. Bundan tashqari 5 ta kam ta’minlangan xonadonga 50 tup daraxt ko‘chati tarqatildi.




O‘lmas Barotov, O‘zA.