"Yaşil makon" loyihasida ekologiya va tibbiyot uyğunligi qanday taʼminlanmoqda?
Toşkentda navbatdagi keng kölamli kökalamzorlaştiriş işlari jadal olib borilayotgan şu kunlarda bir muhim savol dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ekilayotgan daraxtlar nafaqat şahar qiyofasiga, balki iqlimimiz va inson salomatligiga qançalik mos kelmoqda?
Maʼlumki, Prezidentning tegişli farmoniga muvofiq, poytaxtda yuz minglab turli manzarali daraxt va buta köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Biroq köçatlar sonining ortişi bilan bir qatorda, ularning turi qanday mezonlar asosida tanlanayotgani ham öta muhimdir. Xususan, Respublika Allergologiya markazi va Xalqaro molekulyar allergologiya markazi tadqiqotlariga köra, aholida kuçli pollinoz (gulçang allergiyasi) qözğatuvçi 20 turdagi allergenli daraxtni şahar içida ekiş tavsiya etilmagan.
Şuningdek, sönggi yillarda mamlakatimizga Turkiya, Italiya, Ispaniya va boşqa davlatlardan turli manzarali daraxtlar (sarv, qarağay, kedr, eman va h.k.) olib kirilmoqda. Allergolog Akram Suyarovning taʼkidlaşiça, xorijdan keltirilgan yangi turlarni ekişdan maqsad faqat yaşillikni köpaytiriş bölib qolmasligi kerak. Ularning gullaş davridagi allergenlik darajasi, albatta, baholanişi talab etiladi.
– Daraxtlar va boşqa ösimliklarning gullaş davrida havoga tarqaladigan gulçanglar ayrim insonlarda kuçli allergik reaksiyalarni qözğatişi mumkin, – deydi Akram Suyarov. – Bular orasida allergik rinit, rinokonʼyunktivit, bronxlarning yuqori sezuvçanligi va allergik bronxial astma kabi kasalliklar bor. Baʼzi xorijiy daraxtlar mamlakatimizda yaqinda ekila boşlangani sababli, ularning aholi orasida qanday darajada kasallik qözğatişini vaqt ötibgina bilamiz. Şuning uçun köçatlarni tartibsiz va hamma hududga bir xil körinişda emas, balki mutaxassislar tavsiyasi asosida ekiş maqsadga muvofiq.
Bu yondaşuvni ilmiy kuzatuvlar ham tasdiqlaydi. Toşkentga oid maʼlumotlarda xorijdan keltirilgan ayrim sarvdoşlar turlarining gulçangiga kuçli sezuvçanlik qayd etilgan. Zamonaviy allergologik diagnostika adabiyotlarida qayin, eman, şumtol, zaytun, sarv va çinor kabi daraxtlarning muhim allergenlari alohida körsatib ötilgan. Xususan, Arizona sarvi (Cupressus arizonica) tarkibidagi “Cup a 1” oqsili tibbiyot va molekulyar allergologiyada asosiy allergiya çaqiruvçi modda sifatida tavsiflanadi. Demak, şaharlarni kökalamzorlaştirişda daraxtning faqat soyasi va çiroyiga emas, allergologik xavfsizligiga ham jiddiy qaraş zarur.
Botanik olima Atirgul Xalmurzayeva yangi daraxtlarni yurtimizga moslaştirişda mahalliy olimlarning xulosalariga köproq tayaniş muhimligini taʼkidlaydi.
– Yurtimizda azaldan ösib yotgan mahalliy çinorlar, özimizning eman va kaştanlarni uruğidan köpaytirib ekiş eng töğri yöldir, – deydi Atirgul Xalmurzayeva. – Ular iqlimimizga töliq könikkan. Xorijdan tayyor va katta holida keltirilgan köçatlar esa baʼzida mahalliy iqlim injiqliklariga doş berolmayapti. Ularning ayrimlari jazirama quyoş va qattiq sovuq taʼsirida kuçsizlanib, turli kasallik va zararkunandalarga tez çalinuvçan bölib qolişi kuzatilmoqda.
Botanikning fikriça, bizga birinçi navbatda qurğoqçilikka çidamli, tez ösib soya beradigan, fitonsidlar ajratib havodagi infeksiyalarni öldiradigan daraxtlar kerak. Bunda mintaqaviy xususiyatlarni hisobga oliş şart. Toşkent yoki Farğona vodiysida ösgan ösimlik şörxok, qurğoqçil Xorazm yoki Navoiy iqlimiga doş bermasligi mumkin. Amaliyotda esa tuproq şaroiti va suv taʼminoti yetarliça örganilmay qilingan harakatlar öz oqibatini körsatmoqda. Joriy yilda Toşkent şahrida notöğri köçirib ötkazilgan 95 tup Eldor qarağayi va 12 tup arçaning qurib qolgani (Ekologiya vazirligi maʼlumoti) buning yaqqol isbotidir.
Kökalamzorlaştiriş tizimida mahalliy florani siqib çiqaruvçi va infratuzilmaga zarar yetkazuvçi invaziv daraxt turlari ham uçramoqda. Xususan, buyuk aylant, Amerika zarangi, majnuntol va oq akatsiya kabi turlarni piyodalar yölaklari va markaziy yöl böylariga ekiş tavsiya etilmaydi. Boisi, majnuntol haddan taşqari köp suv talab qilib, yer osti kommunikatsiyalarini vayron qilsa, aylant va Amerika zarangining agressiv ildizlari yölak hamda asfalt qoplamalarini yorib yuborişi kuzatiladi. Şu bois mutaxassislar bunday serxarajat va “bosqinçi” daraxtlar örniga iqlimga mos, suvni kam talab qiladigan va gipoallergen turlarni tanlaş maqsadga muvofiqligini uqtirişmoqda.
Xuddi şuningdek, pavlovniya daraxti kislorodni boşqa daraxtlarga qaraganda tört barobar köp ajratsa-da, juda köp suv talab qiladi va kuçli ildizi binolar poydevoriga zarar yetkazişi mumkin. Şu bois uni turarjoylardan uzoqroqda, keng dala maydonlarida yetiştiriş maʼqul.
Oçiq maʼlumotlarda 2025-yilda Örmon xöjaligi agentligi tomonidan Xitoydan 3 ming tup brussonetiya (qoğoz daraxti) köçati olib kelingani qayd etilgan. Botanik Atirgul Xalmurzayevaning tuşuntirişiça, bu daraxt uruği va ildiz baçkilari (öz-özidan ösib çiqadigan yangi yoş nihollar) orqali juda faol köpayadi. Agar uning bitta köçatini kovlab olsangiz, qolgan ildizlaridan darhol yangi baçkilar çiqadi. Aynan şu kuçli ildizi asfaltni kötarib yuborişi sababli uni şahar köçalariga ekiş tavsiya etilmaydi. Biroq bu daraxtning yoğoçi sanoat uçun qimmatlidir. Demak, uni aynan agentlik rejalaştirganidek, keng maydonlardagi örmon fondi yerlarida yetiştiriş eng töğri va ilmiy asoslangan yeçim hisoblanadi.
Afsuski, poytaxtimizning markaziy köçalarida aholi salomatligiga taʼsir qiluvçi ösimliklar hali ham talaygina. Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik şohköçasi kabi gavjum joylardagi ulkan çinor va teraklar bahor-yoz mavsumida havoga juda katta miqdorda momiq va çang ajratadi. Tibbiyot amaliyotiga allergiyani aniqlovçi zamonaviy taşxis usullari joriy etilganiga qaramay, bemorlar statistikasi oçiqlanmagan va aholini allergik mavsumdan ogohlantiriş tizimi hali tölaqonli şakllanmagan. JSST maʼlumotiga köra esa, dunyo aholisining 35-40 foizi allergiyadan aziyat çekadi.
Quvonarlisi şuki, eski xatolardan tegişli xulosalar çiqarilib, sönggi vaqtlarda bu boradagi hukumat yondaşuvi ijobiy tomonga özgarmoqda. Toşkent şahar Obodonlaştiriş boş boşqarmasi bölimi boşliği Oloviddin Nizamovning taʼkidlaşiça, endilikda yangi ekişlar uçun manzilli dastur işlab çiqilmoqda.
– Agronomlar joyiga çiqib, tuproq va hudud şaroitini örganadi hamda qaysi joyga qanday daraxt ekilişi şunga qarab belgilanadi, – deydi Oloviddin Nizamov. – Bunda Örmon xöjaligi ilmiy-tadqiqot instituti olimlarining tavsiyalariga asoslanilmoqda.
Albatta, şahar markazidagi mavjud allergen daraxtlarni butunlay kesib taşlaş yeçim emas, ularning çang uşlaş va soya berişdagi örni beqiyos. Biroq endilikda ekiladigan har bir yangi köçat botanik va dendrolog olimlar xulosasi bilangina tanlanişi qatʼiy mezonga aylanmoqda.
Yangi tizimda daraxtni ekib, unutib yuboriş emas, balki doimiy nazorat qiliş asosiy örin tutadi. Xususan, Toşkentda ekilgan köçatlar “Yaşil makon” elektron tizimiga kiritilib, ularning turi, joylaşuvi, rasmi va masʼul taşkilotlari aniq qayd etib borilmoqda. Şuningdek, Prezident qaroriga muvofiq, aerobiologik monitoring tizimi doirasida havodagi gulçanglar konsentratsiyasi böyiça maʼlumotlar “Özgidromet”ga taqdim etilmoqda. Yaşillaştiriş jarayonida mahallalarning masʼuliyati kuçaytirilib, “Yaşil AI” kabi raqamli monitoring mexanizmlari keng joriy qilinyapti.
Şaharlarimiz nafaqat yaşil, balki inson salomatligi uçun çinakam xavfsiz makonga aylanişi yölida ekologlar, botanik olimlar va tibbiyot xodimlari örtasidagi hamkorlikni yanada kuçaytiriş bugungi kunning hayotiy taqozosidir.
Mohiçehra Eşmirzayeva,
ÖzA muxbiri