Yaşil hududlar — ekologik barqarorlik asosi
Bugungi kunda atrof-muhit musaffoligini taʼminlaş, ekologik barqarorlikni mustahkamlaş va aholi uçun qulay yaşil hududlar barpo etiş dolzarb vazifalardan biriga aylangan. Bu borada mamlakatimizda amalga oşirilayotgan "Yaşil makon" umummilliy loyihasi doirasida Toşkent viloyatida ham keng kölamli işlar rejalaştirilgan.
Xususan, loyihaning joriy yilgi kuzgi mavsumida viloyat böyiça 11 million 358 ming tup manzarali va mevali daraxt hamda buta köçatlarini ekiş belgilangan. Şuningdek, bahor va kuz mavsumlarida jami 26 ta “Yaşil boğ” barpo etiladi. “Mening boğim” loyihasi doirasida esa viloyatning 22 ta tuman va şahrida bittadan “Yaşil boğ” hamda “Yaşil jamoat parki” taşkil etiladi.

Hududlarning ekologik holatini yaxşilaş va yaşil maydonlarni kengaytiriş maqsadida bir qator yirik loyihalar ham amalga oşiriladi. Jumladan, Qibray tumanidagi “Yangi arğin” MFY hududida 16,5 gektar maydonda “Dendrologiya boği”, Nurafşon şahrining Qumovul mahallasida 14,4 gektar maydonda “Botanika boği”, Bekobod tumanidagi Döstlik mahallasida esa 65 gektar maydonda “Ekopark” barpo etiş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, viloyatning barça tuman va şaharlarida ikkitadan, jami 44 ta “Soyali sayr köçasi” taşkil etiladi.

Sanoat korxonalari atrofida yaşil hududlarni kengaytirişga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uçun 173 ta yirik sanoat korxonasi atrofida 1,3 million tup daraxt va buta köçatlari ekilib, “Yaşil belboğ”lar barpo etiladi. Şuningdek, Toşkent şahri bilan tutaş 9 ta tuman va şahar hududida 164 gektar maydonda “Yaşil belboğ”lar taşkil etiş hamda har bir mahallada mikroörmonlar barpo qiliş közda tutilgan.
Ayni paytda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amaliy işlar boşlab yuborilgan. Jumladan, Toşkent köçatçilikka ixtisoslaşgan davlat örmon xöjaligida kuzgi köçat ekiş mavsumi qizğin davom etmoqda. “Elektron hukumat moslaşuv markazi” DUK bilan tuzilgan şartnoma asosida Örta Çirçiq tumanidagi Tuyaböğiz örmon bölimi hududining 3,2 gektar maydonida 2x2 sxemada 8 ming tup qayrağoç köçati ekiş işlari boşlangan.

Şuningdek, joriy yilgi kuz mavsumida Piskent tumanidagi I.Haydarov massivi hamda Angren örmon bölimi hududlarida 32 gektar maydonda 4x3 sxemada 26 ming 400 tup qayrağoç, zarang, şumtol va boşqa qurğoqçilikka çidamli daraxt köçatlarini ekiş rejalaştirilgan. Mazkur tadbirlar çöllaniş, qum köçişi, suv va tuproq eroziyasining oldini oliş, hududlarda ekologik muhitni yaxşilaşga xizmat qiladi.
Şu bilan birga, atrof-muhitga taʼsiri böyiça I va II toifalarga mansub sanoat korxonalari atrofida «Yaşil belboğ»lar barpo etiş maqsadida jami 91 gektar maydonda 180 ming tup köçat ekiş işlari boşlanmoqda. Zero, bugun ekilgan har bir köçat kelajak avlod uçun soğlom ekologik muhit, musaffo havo va obod hududlar yaratiş yölidagi muhim qadamdir.
A.Musayev,ÖzA