Yaratilgan sharoitdan minnatdormiz
Sirdaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘tarinki kayfiyatda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Sirdaryo viloyatida ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘tarinki kayfiyatda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.Bugun o‘tayotgan siyosiy tadbirda viloyatda ko‘zi ojiz saylovchilar brayl yozuvidagi byulletenlardan foydalangan holda, o‘zlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz bermoqda.
10-saylov uchastkasi Guliston shahar ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida joylashgan. Uchastka saylov komissiyasi raisi Sh.Akbarovning ta’kidlashicha, uchastkada 1048 saylovchi ro‘yxatga olingan. Uchastkada imkoniyati cheklangan saylovchilarga ham zarur sharoitlar yaratilgan.
–Men mamlakatimizning teng huquqli, ruhan sog‘lom fuqarosi sifatida Prezident saylovida ishtirok etayotganimdan faxrlanaman, – deydi 1-guruh nogironi Komil Sharipov. – Biz, imkoniyati cheklangan fuqarolarga yaratib berilayotgan sharoitlardan minnatdormiz. Bugun o‘zim munosib deb bilgan, mamlakatimiz tinchligini, biz nogironlarning haq-huquqlarini ta’minlaydigan, farzandlarimiz kelajagini o‘ylaydigan nomzodga ovoz berdim. Men ovoz bergan nomzod Vatanimizning yanada taraqqiy etishi, xalqimiz farovonligi yuksalishi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishiga ishonaman.