Yaponiya viza narxini oshirdi
Yaponiya hukumati chet el fuqarolari uchun viza to‘lovi miqdorini oshirishga qaror qildi. Qaror iyul oyida kuchga kiradi.
Bir martalik viza uchun to‘lov 19 dollardan 95 dollargacha, ko‘p martalik viza uchun esa 38 dollardan 190 dollargacha oshiriladi. Bunday holat 1978-yildan beri ilk bor qayd etilyapti. Rasmiylar o‘zgarishni inflyatsiya, iyena zaiflashuvi va to‘lovni G7 mamlakatlari bilan tenglashtirish zarurati bilan bog‘lamoqda.
Kun chiqar yurt tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegi so‘zlariga ko‘ra, viza qimmatlashishi sayyohlar oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi kutilmayapti, deb yozgan “Kyodo” agentligi.
S.Rahimov, O‘zA