Yangiyer shahriga hokim tayinlandi
Xalq deputatlari Yangiyer shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev 2019 yildan buyon Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Nosirov Otabek Ural o‘g‘li nomzodini Yangiyer shahar hokimi lavozimiga tavsiya etdi.
Otabek Nosirov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 1999 yilda Jizzax politexnika institutini, 2007 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.
Deputatlar nomzod bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi va Otabek Nosirovni bir ovozdan shahar hokimi etib tasdiqladi.
O‘zA