Yangilangan Temuriylar muzeyi: tarixga zamonaviy nigoh(+video)
Amir Temur va Temuriylar davri merosiga yangicha nazar tashlanmoqda. To‘liq rekonstruksiya qilingan davlat muzeyi buyuk ajdodlarimizning boy tarixini zamonaviy usullarda jonlantiradi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyining to‘liq rekonstruksiya qilinib, yangi qiyofada faoliyatini boshlagani alohida ahamiyat kasb etadi. Muzeyda amalga oshirilgan keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari natijasida uning ekspozitsiya va ko‘rgazma zallari zamonaviy muzey talablari asosida yangilandi.

Tarixiy manbalar va eksponatlarni zamonaviy texnologiyalar yordamida namoyish etish imkoniyatlari kengaytirildi. Yangilangan ekspozitsiyalar orqali Amir Temur va Temuriylar sulolasining davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, diplomatik aloqalari, ilm-fan, me’morchilik, madaniyat va san’at rivojiga qo‘shgan hissasini yanada keng va mazmunli yoritish imkoniyati yaratildi. Bu esa muzeyning nafaqat tarixiy xotirani saqlash, balki yosh avlodni milliy qadriyatlar va ajdodlarimizning boy merosiga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Temuriylar tarixi davlat muzeyining rekonstruksiyadan so‘ng zamonaviy ilmiy-ma’rifiy maskan sifatida faoliyatini davom ettirishi hamda Amir Temur tavalludining 690 yilligini keng nishonlashga qaratilgan davlat siyosati bilan uyg‘un holda olib borilayotgan ishlar yurtimizda tarixiy merosga bo‘lgan yuksak e’tiborning amaliy ifodasidir.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari nomzodi, dotsent Xurshid Fayziyev ham O‘zbekiston xalqini mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etib, xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va yurtimizga taraqqiyot tilaklarini bildirdi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/5EFBLyjsYJ0?si=vvPdVLRAWcW9TRpx" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Mehrojiddin Umurzaqov, Oybek Davronov, O‘zA