Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat
Qashqadaryoda “Yoshlar turizm haftaligi” doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbiri o‘tkazilib, yoshlarning viloyat turistik maskanlari bo‘ylab sayohatlari amalga oshirilmoqda.
Navbatdagi ana shunday tadbirda, kam ta’minlangan oila farzandlari, maktab o‘quvchilari Qarshi shahridagi “Vatanparvarlar” bog‘i, “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi”, “Xo‘jai Jarroh” ziyoratgohlarida bo‘lib, viloyatning tarixi, etnografiyasi, urf-odatlarini aks ettiruvchi eksponatlar bilan tanishdi.
[gallery-10198]
Shuningdek, yosh sayohatchilar viloyat musiqali drama teatrida namoyish etilayotgan Yangi yil bayramini tomosha qilib, ma’naviy hordiq olishdi.
Shu kungacha 500 dan ziyod yoshlar uchun viloyatning yirik ziyoratgohlari, madaniy meros ob’ektlari va diqqatga sazovor maskanlariga sayohatlar tashkil etildi.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA