Yangi yil savdo yarmarkalarida 38 turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sotiladi
Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasida aholi uchun eng zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan, savdo terminallari orqali sotilmoqda.
Olmaliq shahridagi “Oydin” dehqon bozorida tashkil etilgan savdo yarmarkasida aholi uchun eng zarur bo‘lgan qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan, savdo terminallari orqali sotilmoqda.Bozor ma’muriyati tomonidan savdo yarmarkasida sotilayotgan 1 kilogramm mol go‘shtining narxi 27 ming so‘m, 1 kilogramm qo‘y go‘shtining narxi esa 27 ming so‘mdan 29 ming so‘mgacha qilib belgilangan.
Toshkent viloyat moliya hamda davlat soliq boshqarmalari, “Toshvilbozorsavdo” uyushmasi taklifiga muvofiq, 2017-yilning 1-31-dekabr kunlari Toshkent viloyati dehqon bozorlari va savdo yarmarkalari rastalarida sotiladigan 9 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining eng yuqori cheklangan chakana narxlari tasdiqlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning 10-dekabridan 2018-yilning 10-yanvariga qadar O‘zbekistonning barcha hududlarida faoliyat ko‘rsatadigan Yangi yil savdo yarmarkalarida 38 turdagi qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari sotilishi belgilangan.