Yangi xizmat binosi foydalanishga topshirildi
Poytaxtimizning Yangihayot tumanida barcha zamonaviy talablarga javob beradigan mudofaa ishlari bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi.
Ochilish marosimida Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari, tuman hokimi o‘rinbosari, harbiy xizmatchilar, nuroniylar, deputatlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.


Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda mudofaa tizimini yanada rivojlantirish, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda mudofaa ishlari organlari faoliyati samaradorligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng ramziy qizil tasma kesilib, bino rasman foydalanishga topshirildi. Tadbir yakunida mehmonlar va mas’ullar binoda yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy jihozlar hamda qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.


G.Boboyeva, O‘zA