Yangi sport majmuasi
Gulistonda yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
Gulistonda yangi sport majmuasi foydalanishga topshirildi.Majmuaning ochilish marosimida Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, joylarda zamonaviy sport inshootlari barpo etish va ularning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Xalq bankining Sirdaryo viloyati filialidan olingan 150 million so‘mlik kredit evaziga “Guliston atlant fitnes” xususiy korxonasi tomonidan bunyod etilgan sport majmuasida barcha qulayliklar yaratilgan. Turli zamonaviy sport trenajyorlari o‘quvchi-yoshlar ixtiyorida.
– Prezidentimiz rahnamoligida bolalar sportini rivojlantirish, yoshlarga o‘zlarini qiziqtirgan sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoit yaratish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – deydi murabbiya Dilorom Rahimova. – Bugun foydalanishga topshirilgan yangi majmua xuddi shunday olijanob maqsadlarga xizmat qiladi. Bu yerda naqafat Guliston shahri, balki unga tutash Guliston va Boyovut tumanlari yoshlarining o‘ndan ortiq sport turi bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit muhayyo.