Yangi soliq imkoniyatlari tadbirkorlarga qanot
FOTOREPORTAJ
Samarqand viloyati soliq boshqarmasida Soliq qo‘mitasi mutasaddilari, tadbirkorlar, biznes vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 26-maydagi “Kichik biznes sub’ektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Farmonida belgilangan yangi imkoniyatlar va yengilliklar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Xususan, 2026-yil 1-iyundan boshlab umumbelgilangan soliq solish tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdorning qariyb 5 mlrd so‘mgacha oshirilgani tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini kengaytirish va biznes o‘sishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi qayd etildi. Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining soddalashtirilgan tartibi joriy etilgani ushbu yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun muhim qulaylik yaratishi ta’kidlandi.
[gallery-29912]
Shuningdek, qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish, soliq hisobotlarini yuritish jarayonlarini soddalashtirish, kichik biznes sub’ektlari uchun ma’muriy yukni kamaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangiliklar haqida ham atroflicha tushuntirishlar berildi.
Ochiq muloqot davomida tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va yangi tartiblarni qo‘llash mexanizmlari yuzasidan Soliq qo‘mitasi mutaxassislaridan batafsil javob oldi.
O‘zA fotomuxbiri
Alisher ISROILOV olgan suratlar.