“Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining yirik taqdimoti o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan hamda yoshlar siyosatida mutlaqo yangi davrni boshlab beruvchi “Yangi O‘zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyatini ochib berishga qaratilgan yirik taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda strategiya tahlili, amaliy maydon sifatida yoshlar uchun foydali va istiqbolli loyihalar tomonidan maxsus ko‘rgazmalar tashkil etildi. Shu bilan bir qatorda bilimdon yigit-qizlar uchun yirik ma’rifiy loyiha — “Top-100 kitobxon” tanloviga rasman start berildi.
Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, OAV xodimlari hamda faol yoshlar ishtirok etdi. Respublikamizning barcha hududlaridagi minglab yigit-qizlar bu jarayonlarni onlayn kuzatib bordi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FD69k8JBw8A" title="“Yangi O`zbekiston yoshlari – 2030” strategiyasining yirik taqdimoti o`tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Doniyor Yakubov, Iskandar Ismatov, O‘zA