Yangi O‘zbekiston universitetida milliy an’analar tarannum etildi
FOTOREPORTAJ
Joylarda Navro‘z tantanalari davom etayotgan shu kunlarda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Yangi O‘zbekiston universitetida yangilanish, yasharish ayyomi ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi.
Azaliy an’analarimiz va urf-odatlarimizni tarannum etuvchi ayyom munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda universitet talabalari tomonidan milliy liboslar va xalq taomlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shuningdek, turli yo‘nalishda o‘tkazilgan sport musobaqalarida talabalar faol ishtirok etdi.
[gallery-6411]
Otabek MIRSOATOV (surat) O‘zA