“Yangi O‘zbekiston” universitetida ijodiy uchrashuv
“Yangi O‘zbekiston” universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari Botirjon Ergashev, uyushma a’zosi Ma’mura Zohidova, taniqli shoir Muhiddin Omon talaba-yoshlarga mamlakatimizda yosh avlodning kelajagi uchun yaratib berilgan ulkan imkoniyatlar xususida batafsil so‘z yuritdi.
– Shoirlik bu huzur-halovatdan kechish demakdir, – dedi taniqli shoira Ma’mura Zohidova. – Dardni his eta olib, uni hech kim aytmagan tarzda ifoda etish, hech kim ko‘ra olmagan jihatlarni ko‘rish ijodkordan katta iste’dod, salohiyat, bilim va mahorat talab etadi.
[gallery-19840]
Uchrashuvda “Yangi O‘zbekiston” universitetida faoliyat ko‘rsatayotgan she’riyat to‘garagi haqida batafsil ma’lumot berildi.
– Men she’riyatga juda qiziqaman, – dedi ushbu universitetning 4-kurs talabasi Firdavs Sobirov. – O‘zim ham she’rlar mashq qilib turaman. Bunday uchrashuvlar milliy adabiyotimizdagi yangiliklar bilan batafsil tanishish imkonini berishi bilan ahamiyatli.
Uchrashuvda atoqli shoirlar o‘z ijod namunalaridan o‘qib berdilar. Shu bilan birga, yoshlar ham o‘z mashqlarini shoir va yozuvchilar nazaridan o‘tkazdi.
N.Usmonova,
Asliddin Alijonov (surat),
O‘zA