“Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ga start berildi
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sport bo‘yicha vakili Odil Abdurahmonov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar hamda Sport vazirliklari, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Paralimpiya qo‘mitasi rahbariyati, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sport federatsiyalari mutasaddilari hamda mamlakatimizning barcha hududlaridan kelgan sportchi-talabalar ishtirok etdi.
[gallery-29820]
Tadbirda ta’kidlanganidek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilk bor tashkil etilayotgan mazkur olimpiada talaba-yoshlarning sport sohasidagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, jismoniy tarbiya va sportga qiziqishni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, musobaqa iqtidorli sportchi-talabalarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda talabalar sportini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.
Ko‘tarinki ruh va bayramona muhitda o‘tgan ochilish marosimi teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar hamda konsert dasturi bilan davom etdi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA