«Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari!» musobaqalari qizg‘in pallaga kirmoqda
FOTOREPORTAJ
Avval xabar qilinganidek, ayni kunlarda sportning bir qator yo‘nalishlari bo‘yicha «Yangi O‘zbekiston – Olimpiya cho‘qqilari!» shiori ostida musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Poytaxtimizdagi «Olimpiya shaharchasi»da voleybol bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi bellashuvlar ham «Prezident olimpiadasi» dasturi doirasida tashkil etilgan.
[gallery-30264]
Kecha bo‘lib o‘tgan saralash bahslarida to‘rtta uchrashuv o‘tkazildi. Ularda quyidagi natijalar qayd etildi: Andijon viloyati – Qoraqalpog‘iston Respublikasi 1:2, Samarqand viloyati – Farg‘ona viloyati 1:2, Toshkent shahri – Surxondaryo viloyati 2:0, Toshkent viloyati – Namangan viloyati 2:0.
O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi musobaqalar yakunlanganidan so‘ng qizlar o‘rtasidagi bellashuvlar ham boshlanadi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA