Yangi maktablar – kelajak avlod uchun muhim qadam
Yangi maktablarning barpo etilishi, mavjud ta’lim muassasalarining kengaytirilishi avvalo, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy sharoit yaratishga xizmat qiladi.
Bu orqali sinflardagi o‘quvchilar sonini me’yorlashtirish, ta’lim sifatini oshirish, bolalarning bilim olishi uchun teng imkoniyatlar yaratish mumkin. Eng muhimi, maktablar sonining ko‘payishi nafaqat bugungi ehtiyojni qoplaydi, balki kelajak avlod uchun mustahkam ta’lim infratuzilmasini yaratadi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 1991/1992 o‘quv yiliga nisbatan 1,3 barobarga oshgan.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari sonining o‘quv yillari kesimidagi dinamikasi:
1991/1992 o‘quv yili — 8 557 ta;
1995/1996 o‘quv yili — 9 289 ta;
2000/2001 o‘quv yili — 9 726 ta;
2005/2006 o‘quv yili — 9 803 ta;
2010/2011 o‘quv yili — 9 806 ta;
2015/2016 o‘quv yili — 9 720 ta;
2020/2021 o‘quv yili — 10 181 ta;
2021/2022 o‘quv yili — 10 289 ta;
2022/2023 o‘quv yili — 10 522 ta;
2023/2024 o‘quv yili — 10 750 ta;
2024/2025 o‘quv yili — 10 943 ta;
2025/2026 o‘quv yili — 11 118 ta.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, davlatimiz rahbari maktab ta’limini rivojlantirishni umummilliy maqsad va ustuvor vazifa deb e’lon qilgan. Mamlakatda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘i tashkil etilgan, ta’lim sifatini oshirish va yangi o‘quv binolarini barpo etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA