Yangi korxonalar tashkil etishda “peshqadam” Sirdaryo!
2018-yil yanvar–may oylari mobaynida O‘zbekistonda 25219 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.
2018-yil yanvar–may oylari mobaynida O‘zbekistonda 25219 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etildi.
Avval xabar berganimizdek, mamlakatimizda 2018-yil yanvar–may oylari mobaynida 25219 ta yangi korxona va tashkilot tashkil etilgan. Bu esa 2017-yilning shu davriga nisbatan qaraganda 15,4 foizga ko‘pdir.
Eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxonalar va tashkilotlar Toshkent shahrida (5444 ta), Toshkent (1965 ta), Farg‘ona (2422 ta) va Samarqand viloyatlari (1983 ta) hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu borada eng kam ko‘rsatkichlar Sirdaryo (680 ta), Xorazm (918 ta) hamda Navoiy (996 ta) viloyatlarida kuzatildi.
Hududlar bo‘yicha yangi tashkil etilgan korxonalar va
tashkilotlarning soni, birlikda

Agar iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ko‘rsak, eng ko‘pi savdo (5156 ta), sanoat (4914 ta), qishloq, o‘rmon, baliq xo‘jaligi (2835 ta) va qurilish (2810 ta) sohalarida tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (570 ta), axborot va aloqada (583 ta) hamda tashish va saqlashda (889 ta) tashkil etilganligi kuzatilmoqda. Bu haqida Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.