Yangi kitob: "Kunsuluvning sirli xatlari"
G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi yozuvchi Sobir O‘narning "Kunsuluvning sirli xatlari" nomli kitobini chop etdi.
Ushbu kitobda yozuvchining turli yillarda yozgan hikoyalari jamlangan. Hikoyalarda qishloq odamlarining tanti fe’l-atvori, ezgu yumushlari, sevgi- muhabbat iztiroblari, turmush mashaqqatlari, orzu- intilishlari haqida hikoya qilinadi. Yaqin yillarda yozilgan asarlarda esa yoshlarning dunyoqarashlari o‘ziga xos mahorat bilan ko‘rsatib berilgan. Asarni mutolaa qilish davomida guyo voqealarning ishtirokchilari bilan yashay boshlaysiz.
Hikoyalar o‘quvchilarni jozibali tili va tabiiyligi bilan maftun etadi.