Yangi investitsiyaviy loyihalar farmatsevtika sohasida muhim
Farmatsevtika sohasida investitsiya, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, texnologiyalar transferi va xalqaro hamkorlik imkoniyatlari oshmoqda.
Jumladan, O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining salohiyati ayni imkoniyatlar negizida rivojlanmoqda.
Italiyaning Milan shahrida o‘tkazilayotgan "CPHI Milan 2026" doirasidagi uchrashuvlar O‘zbekiston farmatsevtika sanoatining xalqaro aloqalarini kengaytirmoqda.
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi mazkur – "CPHI Milan 2026"da ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaning birinchi kuni "Merck", "Lupin Healthcare", "Syngene" kabi yirik xalqaro kompaniyalar hamda ko‘plab soha vakillari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi, deyiladi Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lumotida.
Unda Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan “Made in Uzbekistan” milliy stendi tashkil etilgan bo‘lib, 15 ga yaqin mahalliy farmatsevtika kompaniyasi o‘z mahsulot va imkoniyatlarini namoyish etmoqda.
A.RUSTAMOV,
O‘zA