Yangi bolalar bog‘chasi ish boshladi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Uchtepa mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida “Yakkabog‘ yulduzchalari” maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi.
Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumani Uchtepa mahallasida davlat-xususiy sheriklik asosida “Yakkabog‘ yulduzchalari” maktabgacha ta’lim muassasasi ish boshladi.
Bu yerda bolajonlarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit muhayyo.
– Muassasamiz 100 o‘ringa mo‘ljallangan, - deydi bog‘cha mudirasi Barchin Toshtemirova. – Bolajonlarga boshlang‘ich bilim berish bilan birga, xorijiy tillarni o‘rgatish, san’at va sportga qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ingliz, rus tillari, suzish va badiiy gimnastika to‘garaklari hamda sog‘lomlashtirish mashqlari yo‘lga qo‘yilgan.


