Yamal Ispaniya terma jamoasining asosiy tarkibiga qaytadi
Ispaniya — Saudiya Arabistoni uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.
"Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal Jahon chempionati guruh bosqichi doirasidagi Ispaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari oʻrtasidagi kutilayotgan uchrashuvda dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushishi kutilmoqda.
18 yoshli futbolchi jarohatidan toʻliq forigʻ boʻldi va uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashga tayyor. "Sport" nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, "qizil furiya" bosh murabbiyi Luis de la Fuente bugungi bahsda yulduz futbolchini ilk daqiqalardanoq maydonga tushirmoqchi. Ushbu qaror Laminning klubdoshi Dani Olmoga ham taalluqlidir.
Guruh bosqichining 1-turidan oʻrin olgan Kabo-Verdega qarshi uchrashuvda (0:0) Yamal 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan boʻlsa, Olmo faqatgina 81-daqiqada oʻyinga qoʻshilgan edi.
Ispaniya — Saudiya Arabistoni uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi.