"Yakshanba" filmi yana ikkita xalqaro mukofot bilan taqdirlandi
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Shokir Xoliqov tomonidan suratga olingan "Yakshanba" filmi bu safar Fransiyaning Vesul shahrida o‘tkazilgan "Xalqaro Osiyo filmlari festivali" ("Le Festival international des cinémas d'Asie, FICA")da "Tomoshabin mehrini qozongan film" nominatsiya bo‘yicha hamda kinotanqidchilar mukofotini qo‘lga kiritdi.
Mazkur kinofestival 1994 yil tashkil etilgan bo‘lib, har yil fevral oyida o‘tkaziladi. Bu yil kinofestival tashkil etilganining 30 yilligi nishonlandi.

Asosiy tanlovda 9 ta film ishtirok etgan bo‘lib, "Yakshanba" badiiy filmi ham ushbu ro‘yxatdan joy olgan edi, deyiladi Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi axborot xizmati.
N.Usmonova, O‘zA