Xususiy klinikalar: tibbiyot sohasining yangi bosqichi
FOTOREPORTAJ
Mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorning rolini oshirish, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini rivojlantirish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samara bermoqda. Prezidentimizning 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
[gallery-6498]
Xususan Navoiy viloyati Karmana tumanidagi “Grand farm Avitsenna” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ayni paytda 20 nafar malakali shifokor faoliyat olib borayotir. Mazkur klinikada zamonaviy diagnostika apparatlari, jumladan UZI, EXO EGE, EKG, laboratoriya va kolposkopiya jihozlari o‘rnatilgan. Muassasada dastlab olti yo‘nalishda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, bugungi kunda xizmat turlari 20 taga yetkazildi. Kuniga 200-250 nafar aholiga malakali mutaxassislar tomonidan sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.
Jamiyat tomonidan 2018 yilda Navoiy shahrida ikkinchi klinikasi foydalanishga topshiril edi. Hozirda bu yerda 40 o‘rinli statsionar tashkil etilgan bo‘lib, bemorlarning yotib davolanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Siroj ASLONOV (surat),O‘zA