Xulian Kinyones: “Eng muhimi — jamoaviy o‘yin”
Bizni qo‘llab-quvvatlagan va ishongan barchaga rahmat
Xulian Kinyones JCH–2026 1/16 finalida Ekvador milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bugun eng muhimi jamoaviy o‘yin bo‘ldi. Futbolchi individual jihatdan porlashi mumkin, ammo bu faqat jamoaning yaxshi o‘yini tufayli yuz beradi. Biz aynan shunday fikrlaymiz.
Kurashishda davom etishimiz kerak. Hayot shunday — orzuingizga erishguningizcha kurashasiz, yana kurashasiz va yana kurashasiz. Bizni qo‘llab-quvvatlagan va ishongan barchaga rahmat", — dedi Kinyones.
Meksika milliy terma jamoasi JCH–2026 1/8 finalida Angliya milliy terma jamoasi — Kongo DR milliy terma jamoasi juftligi g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.