Xulian Alvares Simeone bilan kelajagini muhokama qiladi
Madrid klubining hozirgi pozitsiyasi o‘zgarmagan — «Atletiko» Alvares bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares dushanba kuni Madrid klubi qarorgohiga qaytadi va bosh murabbiy Diego Simeone bilan uchrashadi.
ESPN Argentina ma’lumotiga ko‘ra, suhbat davomida tomonlar kelgusidagi hamkorlik va futbolchining jamoadagi o‘rni bo‘yicha o‘z qarashlarini muhokama qiladi.
Uchrashuv yakunlari «Atletiko» prezidentiga yetkaziladi va klub rahbari ham argentinalik hujumchining kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishda ishtirok etadi.
Shunga qaramay, Madrid klubining hozirgi pozitsiyasi o‘zgarmagan — «Atletiko» Alvares bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Qayd etilishicha, klub hujumchining transferini faqat juda katta taklif kelib tushgan taqdirdagina ko‘rib chiqishga tayyor.