Xovosda g‘allani oziqlantirish ishlari jadallashmoqda
Dehqonchilikda tanaffus bo‘lmaydi. Chunki, dehqon xalq rizqini yaratuvchi, el dasturxoni to‘kinligini ta’minlovchidir.
Shu bois, Sirdaryo viloyati Xovos tumani g‘allakorlari o‘z mehnati bilan el rizqini to‘kin qilish uchun tinmay mehnat qilmoqda.
Joriy yilda Xovos tumanidagi 424 ta fermer xo‘jaligi 10 ming gektar maydonda g‘alla parvarishlamoqda. Shu kunlarda g‘allakorlarimizning astoydil mehnati samarasida tumandagi barcha g‘alla maydonlarida g‘alla unib chiqdi.

Tumanda g‘allani birinchi oziqlantirish ishlari jadal davom ettirilmoqda. 9 fevral holatiga ko‘ra, 21 ming 553 tona (rejada 50 ming tonna) mahalliy o‘g‘it g‘alla maydonlariga chiqarildi va maydonlar sharbat usulida oziqlantirildi va dalaning o‘ziga ikkinchi oziqlantirish uchun zaxira yaratildi.
Shuningdek, azotli oziqlantirish 8155 gektar (81,5%) maydonda (gektariga 250 kgdan) to‘liq amalga oshirildi.

Sh.Suyarov, O‘zA