Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!
FOTOREPORTAJ
Buxoro shahridagi 10-umumta’lim maktabida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!” deb nomlangan uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.
Kechaga mo‘tabarlikda tengsiz, shogirdlari qalbidan chuqur joy egallagan faxriy va fidoyi ustoz-murabbiylar taklif qilindi. Maqsad o‘tganlar ruhini shod etib, xotirlash, hayot bo‘lganlar bilan shirin diydorlashuvdir.
Tadbirda uzoq yillar mazkur maktabda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan ustoz, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibasi Hamida Fattahova so‘z olib, ushbu ta’lim dargohida faoliyat yuritgan ustoz-murabbiylarni yodga oldi. Xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Tizimning ayni jonkuyar vakillariga muvaffaqiyatlar tiladi.
[gallery-17342]
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA