Xotin-qizlarga tikuv mashinalari topshirilmoqda
Navoiy viloyati Karmana tumani hokimligi binosida "Temir daftar", "Ayollar daftari" va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan 43 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari tarqatildi.
– Tikuvchilik sohasiga juda qiziqqanligim bois mahallamizdagi hokim yordamchisiga tikuv mashinasi olish maqsadida ariza topshirgan edim, – deydi “Narpay” mahallasida yashovchi Ma’mura Holbo‘tayeva. – Bugun mutasaddilar tomonidan menga subsidiya asosida tikuv mashinasi berildi. Buning uchun biz kabi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlayotgan Prezidentimizga minnatdorlik bildiraman.


Karmana tumanida ijtimoiy daftarlarga kiritilgan xotin-qizlarga belgilangan tartibda subsidiya asosida tikuv mashinalari topshirish davom etmoqda.
A.Bo‘riyev,
O‘zA