Xotin-qizlar o‘rtasida velosport rivojlanadi
Toshkent shahar xokimligida Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Uchrashuvda aholi o‘rtasida velosport turlarining ommaviyligini oshirish, ular bo‘yicha milliy terma jamoalarimizning jahon chempionatlarida va boshqa yirik musobaqalarda munosib ishtirok etishi va yuqori natijalarga erishishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shundan so‘ng o‘zaro hamkorlik qilish, xotin-qizlar o‘rtasida sportning velosport turini ommalashtirish, qo‘shma sport tadbirlarini o‘tkazish, sport sohasida ta’lim sifatini ko‘tarish, sport musobaqalarida yuqori ko‘rsatkichlarga erishish va hamkorlikning boshqa yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib borish maqsadida memorandum imzolandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA