“Xotin-qizlar forumi-2026” energetika sohasi ayollarini birlashtirdi (+video)
“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Xotin-qizlar forumi o‘tkazildi.
“Ayoli ulug‘langan yurt” mavzusida tashkil etilgan ushbu tadbirda tashkilot tizimidagi 18 ta filialdan xotin-qizlar ishtirok etdi.
Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
Forum doirasida magistral elektr tarmoqlari filiallarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, bandligini ta’minlash hamda kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tadbirlar bo‘lib o‘tdi.
Jumladan, O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi mutaxassislari ishtirokida o‘quv-seminar va psixologik treninglar o‘tkazildi. Shuningdek, stol tennisi, kamondan otish, bouling bo‘yicha sport musobaqalari, yugurish marafoni hamda “Zakovat” intellektual jamoaviy o‘yini tashkil etildi.
"O‘zbekiston MET" AJ Birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi raisi Nodira Xidirovaning ma’lum qilishicha, tizimda bugungi kunda 717 nafardan ziyod xotin-qiz mehnat qilmoqda.
– Forumda respublikadagi barcha hududlarda joylashgan 18 ta filialdan har biriga 5 nafardan xotin-qiz, shuningdek, o‘quv-seminar tashkilotchilari ishtirok etdi. Ta’kidlash joizki, mazkur forum energetika sohasida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda o‘zaro hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi, – dedi N.Xidirova.
Tadbir yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar va sport musobaqalari g‘oliblari taqdirlandi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/T9qdZFO7u6Q" title="“Xotin-qizlar forumi-2026” energetika sohasi ayollarini birlashtirdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nasiba Ziyodullayeva, Oybek Davronov,
Anvarxo‘ja Ahmedov (video+montaj), O‘zA