Xorijlik o‘qituvchilar rektor bilan uchrashdi
Buxoro davlat universitetida har yili turli dasturlar, akademik mobillik kelishuvlari, xalqaro loyihalar doirasida hamda universitet mablag‘lari hisobidan 80 nafardan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchining universitet talabalariga ma’ruza o‘qishi, doktorant va magistrantlarga ilmiy rahbarlik qilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Universitetda har oyda bir marotaba xorijlik o‘qituvchilarning rektor bilan uchrashuvining tashkil etilishi ham an’anaga aylangan.
Buxoro davlat universiteti rektori O.Hamidov universitetda ish faoliyatini olib borayotgan Buyuk Britaniya, Italiya, AQSH, Koreya, Misr, Eron, Rossiya, Sloveniya, Qozog‘iston kabi 10 ta davlatning yetakchi hamkor oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan 16 nafar xorijlik o‘qituvchi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda har bir o‘qituvchining universitetdagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berilib, kelgusi hamkorlik rejalari to‘g‘risida ham fikr almashildi.
Zarif Komilov,
O‘zA muxbiri