Xorijlik kuzatuvchilar Surxondaryoda
Xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilari Surxondaryo viloyatidagi saylov uchastkalarida bo‘lib, muhim siyosiy jarayon bilan yaqindan tanishmoqda.
Avstraliyalik Alfred Bratranek va rossiyalik Kristina Bagdanovalar viloyatning Denov tumanida bo‘lib o‘tayotgan saylov jarayonlarini qiziqish bilan kuzatdi. Xususan, ular tumandagi 622– va 655-saylov uchastkalarida saylovchilarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, ovoz berish jarayonlarini kuzatdi.
–Yurtingizdagi ochiqlik va oshkoralik saylovlarning shaffof o‘tishiga xizmat qilmoqda, – dedi Kristina Bagdanova.– Barcha hududlarda odamlarning saylovda faol qatnashayotganiga guvoh bo‘ldik. Ularning erkin ovoz berayotgani mamlakat kelajagiga befarq emasligini anglatadi.

Viloyatda saylov uyushqoqlik bilan davom etmoqda.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA