Xorij xabarlari (+video)
Dunyoda ro‘y berayotgan eng so‘nggi yangiliklar tafsiloti "Xorij xabarlari" dasturida.
Kongo Demokratik Respublikasida fanga noma’lum bo‘lgan yangi maymun turi aniqlandi.
Fransiya parlamenti og‘ir va bedavo kasallarga evtanaziya huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi.
Gretsiyadan Germaniyaga uchayotgan Ryanair samolyotida illyuminator sinishi oqibatida yo‘lovchilar hayotiga xavf tug‘dirgan holat yuz berdi.
Shuningdek, AQSHda 30 yoshdan oshgan harbiylar uchun testosteron darajasini tekshirish tartibi joriy etildi.
Germaniyada ayollarga uxlatuvchi dori berib, ularni zo‘rlaganlikda gumonlanayotgan 68 yoshli erkak qo‘lga olindi.
Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myon esa uy-joy bozorini barqarorlashtirish siyosati doirasida o‘z kvartirasini sotganini ma’lum qildi.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/aWhiQ1CoyZk?si=I_A-QD4Vs6JXzgkz" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimjon Mardonov, Yoqub Meliboyev,
Salimjon Obidjonov, O‘zA