Xorazmda tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
FOTOREPORTAJ
Ichan qal’a — Xiva shahrining eng qadimiy va noyob tarixiy hududlaridan biri. Baland devorlar bilan o‘ralgan mazkur majmua hududida ko‘plab madrasa, masjid, minora va saroylar joylashgan.
Mazkur maskan ochiq osmon ostidagi muzey sifatida mashhur bo‘lib, undagi me’moriy obidalar asrlar davomida deyarli o‘z qiyofasini saqlab qolgan. Ichan qal’a UNESCOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, bugungi kunda dunyo sayyohlarini o‘ziga jalb etmoqda.
Nurillaboy saroyi Xiva shahridagi muhim tarixiy obidalardan biri hisoblanadi. XIX–XX asrlarda barpo etilgan mazkur saroy o‘z davrida xonlar qarorgohi sifatida faoliyat yuritgan.
Saroy me’morchiligida sharqona va Yevropa uslublari uyg‘unlashgan bo‘lib, ichki qismi ganch o‘ymakorligi va nozik bezaklar bilan ajralib turadi. Ayni paytda u sayyohlar uchun diqqatga sazovor manzillardan biri sanaladi.
Arda Xiva majmuasi esa zamonaviy turistik majmua sifatida barpo etilgan. Unda milliy an’analar va zamonaviy infratuzilma uyg‘unlashtirilgan.
[gallery-28554]
Majmua hududida milliy taomlar, hunarmandchilik mahsulotlari va madaniy dasturlar tashkil etilgan bo‘lib, mehmonlarga o‘zbek xalqining boy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoni yaratilgan.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA