Xorazmda “Talaba Expo–2026” kasbiy ko‘rgazmasi ochildi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida “Talaba Expo–2026” kasbiy ko‘rgazmasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari San’at Salayev hamda “O‘zmilliybank” AJ huzuridagi “Kelajakka qadam” markazi direktori Elmurod Hoshimov so‘zga chiqib, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni zamonaviy kasb-hunarlarga yo‘naltirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida fikr bildirdi.
[gallery-30687]
Ko‘rgazma doirasida talaba-yoshlar va bitiruvchilar uchun biznes seminarlari hamda treninglar tashkil etildi. Ularda ishtirokchilar tadbirkorlik asoslari, shaxsiy brendni shakllantirish va kasbiy faoliyatni rivojlantirish yuzasidan mutaxassislar hamda tajribali tadbirkorlarning amaliy tavsiyalari bilan tanishdi.
Tadbir yakunida “Talaba Expo–2026” kasbiy ko‘rgazmasini tashkil etishda faol ishtirok etgan oliy ta’lim muassasalari jamoalari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “O‘zmilliybank” tomonidan taqdirlandi. Shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturida faol qatnashgan talabalarga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi, istiqbolli biznes g‘oyalari mualliflariga esa tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish uchun imtiyozli kredit vaucherlari berildi.
Behzodbek Saidov (surat), O‘zA