Xonqada aholi bandligi ta’minlanmoqda
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Xonqa tumanida 671 gektar tutzor yer maydoni mavjud. Pillachilik sohasida 2 mingga yaqin kasanachi faoliyat olib boradi. Joriy yilda 4 ming 469 quti ipak qurti jonlantirilib, 287 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan.
Ma’lumki, pillachilikni rivojlantirish maqsadida Prezidentimiz tashabbusi bilan pillaning xarid narxi 25 foizga oshirildi. Shuningdek, pillakorlar daromad va ijtimoiy soliqlardan ozod qilinib, 1 oylik mahsulot yetishtirgan davri uchun 1 yillik ish stajiga ega bo‘ladi.
Tumanda aholi bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-17620]
– Hokim yordamchisining ko‘magi bilan Oydin hayot mahallasidagi qarovsiz yerda bog‘ barpo etdik, - deydi fuqarolardan biri Javlon Nazarov. – Bog‘ga 400 tup mevali daraxt ekildi. Shuningdek, parranda, chorva, baliq va quyon parvarishlashni yo‘lga qo‘ydik. Oilamiz doimiy daromad manbaiga ega bo‘ldi.
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA