Xonqa tumanida yangi loyiha ish boshladi
FOTOREPORTAJ
Xorazm viloyati Xonqa tumanida Xitoy texnologiyasi asosida tashkil etilgan ichimlik suvni qayta ishlash va qadoqlash sexi faoliyat boshladi.
Loyihaning umumiy qiymati 3 milliard so‘mdan ziyod bo‘lib, ishlab chiqarilgan mahsulotlar ichki bozorga yo‘naltiriladi. Shu bilan birga, kelgusida mahsulotlarni eksportga chiqarish reja qilingan.
Mazkur loyiha tumandagi ishsiz aholini ish bilan ta’minlashda muhim o‘rin tutishi bilan ahamiyatli.
[gallery-19077]
Behzodbek SAIDOV (surat), O‘zA