Xonadondagi giyohvandlik moddalari kimga tegishli
“Qoradori-2025”
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi va G‘ijduvon tumani IIB xodimlari hamkorligida “Qoradori-2025” tezkor tadbir doirasida yana bir holat fosh etildi.

Tumanining “Mirakon” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilgan. Natijada ekin ekish uchun mo‘ljallangan yer maydonida giyohvandlik o‘simligi yetishtirilayotganligi aniqlangan. Shuningdek, xonadonning yordamchi xo‘jaliklarida 320 gr quritilgan “Marixuana”, 1 dona “Ko‘knori” boshog‘i va 10 gr “Ko‘knori kukuni” borligi tasdiqlangan.

Hozirda mazkur giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil sifatida vaqtincha saqlovga olingan bo‘lib, holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.