Xolyigitova Baxor Kimsanboyevnaning pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Xolyigitova Baxor Kimsanboyevnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) ixtisosligi bo‘yicha “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini badiiy adabiyotlar asosida shakllantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.01/2025.28.11.Ped.01.01 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 17-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100095, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Ziyo ko‘chasi, 6-uy.
Tel.: (+998) 55-508-06-67.
e-mail: avloniy@exat.uz, info@avloniy.uz