Xoland “Kristal Pelas”ga qarshi ajoyib seriyasini davom ettirdi
Bungacha bunday natijaga faqat Muhammad Saloh va Rahim Sterling erishgan.
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premyer-ligasi 2-turidan o‘rin olgan “Kristal Pelas”ga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.
Norvegiyalik hujumchi bahsning 17-daqiqasida boshi bilan aniq zarba yo‘llab, raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Squawka ma’lumotiga ko‘ra, Xoland APL tarixida muayyan bir raqibga qarshi chempionatdagi dastlabki olti uchrashuvining barchasida gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi.
Bungacha bunday natijaga faqat Muhammad Saloh va Rahim Sterling erishgan. Qizig‘i, har ikki futbolchi ham ushbu seriyani “Bornmut”ga qarshi qayd etgan.
Xoland esa “Kristal Pelas”ga qarshi Premyer-ligada o‘tkazgan olti uchrashuvida jami 9 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.