Xo‘jalik qoshida kichik korxona
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Jonobod chorvasi” fermer xo‘jaligining 18,9 gektar yer maydonida g‘alla va chorvabop ozuqa ekinlari yetishtiriladi.
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi “Jonobod chorvasi” fermer xo‘jaligining 18,9 gektar yer maydonida g‘alla va chorvabop ozuqa ekinlari yetishtiriladi.Xo‘jalikda 100 dan ziyod qoramol parvarishlanmoqda. 30 bosh sog‘in sigirning suti xo‘jalik qoshidagi korxonada qayta ishlanmoqda. 10 nafar yigit-qiz mehnat qilayotgan korxonada tayyorlanayotgan qatiq, tvorog, smetana, qaymoq kabi sut mahsulotlari ichki bozorda xaridorgir.