“Xmer Rouge” rahbarlari genotsidda ayblanmoqda
“Xmer Rouge” – 1960 yillarda Kambodja hukumatiga qarshi chiqqan va 1970 yildan beri fuqarolar urushi qilgan, 1975 yilda hokimiyatga kelgan kommunistik partizan tashkilot.
“Xmer Rouge” – 1960 yillarda Kambodja hukumatiga qarshi chiqqan va 1970 yildan beri fuqarolar urushi qilgan, 1975 yilda hokimiyatga kelgan kommunistik partizan tashkilot.Kombodjada 1975-1979 yillarda “Xmer Rouge” tashkiloti tomonidan olib borilgan terroristik harakatlari BMTning urush jinoyatlari boʻycha sudi tomonidan “genotsid” deya tan olindi.
92 yoshli Nuon Chea va 87 yoshli Xiyey Samfan, sharqiy Osiyo mamlakatini shafqatsiz hukm surgan kommunistik guruhning oxirgi yetakchi rahbarlari hisoblanishadi.
Tribunal ularni 1 million 700 ming kambodjaliklar oʻlimiga va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etishda hamda Jeneva konvensiyalarining boshqa qoidalarini buzishda aybdor deb topdi.
“Xmer Rouge” tashkilotining maqsadi mamlakatda yirik qishloq jamoalarini qurish va bunga shaharlarni boʻshatish orqali erishishni rejalashtirgan edi. Bu yoʻlda ular shahar aholisini majburan qishloqlarga koʻchirish, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishning har qanday holatini qishloq xoʻjaligi orqali qilishni istashgan va bunga qarshi chiqqanlar ayovsiz jazolangan.
Ayblanuvchilarga nisbatan sud qarori hali eʼlon qilinmadi.