Xizmatga yo‘l olgan yurt o‘g‘lonlari
Poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar markaziy muzeyida Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmasi tomonidan Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga 60 nafar chaqiriluvchini tantanali kuzatish marosimi tashkil etildi.
Tadbirda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Durdona Rahimova, Mudofaa vazirligi va Jamoatchilik kengashi vakillari, chaqiriluvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Marosimda so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz Qurolli Kuchlarining salohiyatini oshirish, harbiy xizmatchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga izoh berib, bugun xizmatga otlanayotgan bo‘lajak askarlarga oq yo‘l tiladi.

Tadbir doirasida egniga harbiy libos kiyib, allaqachon askarlik ruhini his qilib turgan yurt o‘g‘lonlariga kitob va boshqa esdalik sovg‘alari berildi.
Vatan xizmatiga yo‘l olayotgan yoshlar belgilangan manzillarga kuzatildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA