Xizmat ko‘rsatish sohasida “O‘zmilliybank” AJ ulushi ortmoqda
Mamlakatimizda yangi iqtisodiy rivojlanish bosqichida xizmatlar sohasini jadal rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 maydagi “Xizmatlar sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida” gi qarori bu borada muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda. Xizmatlar sohasining joylardagi “O‘zmilliybank” AJ ishtirokidagi rivojlanish jarayoni bilan Qashqadaryo viloyati misolida tanishish maqsadida OAV vakillari uchun press-tur tashkil etildi.
Press-tur doirasida ishtirokchilar Bankning Qashqadaryo viloyati filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur filial va uning tumanlardagi filiallari va BXM tomonidan ajratilgan kreditlar hisobidan Qashqadaryo viloyatida katta maydonlarda intensiv bog‘lar, yirik sig‘imli zamonaviy muzlatgichlar, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish markazlari, umumiy ovqatlanish maskanlari tashkil topdi. 2021 yilda tarmoqlar bo‘yicha tahlil qilinganda sanoat sohasida – 466,3 milliard so‘mlik 29 ta, qishloq xo‘jaligida – 354,3 milliard so‘mlik 17 ta, xizmat ko‘rsatishda – 109,2 milliard so‘mlik 139 ta loyiha amalga oshirilgan.
Ushbu tadbirkorlik sub’ektlariga kredit mablag‘lari ajratilishi natijasida 2 ming 296 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shundan so‘ng press-tur ishtirokchilari Shaxrisabz tumanida joylashgan “Love City” MCHJ faoliyati bilan tanishdi. Aholiga sifatli fotoxizmatlarni taqdim etib kelayotgan mazkur maskan loyihasining umumiy qiymati 1,5 milliard so‘mni tashkil etsa, “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1 milliard so‘m kredit ajratildi. bugungi kunda mazkur markazda 10 nafar fuqaro ish bilan ta’minlangan.
Shahrisabz tumanidagi yana bir xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurtuvchi “Anhor Kesh” MCHJ tomonidan “O‘zmilliybank” bilan hamkorlikda tashkil etilgan shinam va mo‘’jazgina tamaddixona zamonaviy uslubdagi dizayn va interer har qaysi mijoz e’tiborini tortishi tabiiy. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 2 milliard 872 million so‘mni tashkil qilsa, shundan “O‘zmilliybank” AJ tomonidan Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 2 milliard so‘m kredit ajratildi. bugungi kunda mazkur maskanda 22 nafar fuqaro doimiy ish bilan ta’minlangan.
Press-turning ikkinchi kunida ham ishtirokchilar “O‘zmilliybank” AJ bilan hamkorlikda ijobiy natijalarga erishayotgan tadbirkorlik sub’ektlarida bo‘ldi. Jumladan, Qarshi shahridagi “Parizoda Oltin Yulduz” NTM, “Etalon Savdo Servis” XK, G‘uzor tumanida joylashgan “Sodiqbek Qahramon O‘g‘li” MCHJ va “Al Khorazmiy School” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
[gallery-7028]
O‘lmas Barotov,
Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA.