Xivada "Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yini" musobaqasi o‘tkazilmoqda (+video)
Bugun Xiva shahrining "Ichan-qal’a» davlat muzey qo‘riqxonasida “Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yini“ xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, Butunjahon strongmenlar federatsiyasi (WSF) hamda Xorazm viloyati hokimligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.
Turnirda dunyoning 15 davlati, jumladan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Latviya, Pokiston, Yangi Zelandiya, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Eron, Hindiston, Tojikiston va O‘zbekistondan 25 nafardan ziyod kuchli sportchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqa qatnashchilari turnir dasturiga ko‘ra, "Oqtosh xarsangi", "Obkach", "Amudaryo qayig‘ini tortish", 'Cho‘girma otish", "Mo‘ynoq langarini tortish", "Jaloliddin va Amir Temur qilichlari" hamda "Plastik chellenj" deb nomlangan 7 ta shartni bajaradilar.
Turnir nafaqat yorqin sport tadbiri, balki sport turizmini rivojlantirish, nufuzini oshirish, O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va imkoniyatlarini jahon miqyosida keng targ‘ib qilish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/hLYNBGtVurU" title="Xivada "Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o‘yini" musobaqasi o'tkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Eslatib o‘tamiz, xalqaro tadbir 2019 yilda ilk bor Xivada o‘tkazilgan edi.
Marhabo Madaminova, Sodiqov Abror (+video), O‘zA